Qaxramonlar uchun minnatdorchilik so‘zlari: FVV qutqaruvchilari qanday kutib olindi? – video

Bugun ertalab bortida FVV xodimlari bo‘lgan reys Toshkentga yetib keldi.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Turkiyadan kelgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari Toshkent aeroportida kutib olindi.
Kutib oluvchilardan biri toshkentlik turk qizi Defne Gok. U ota-onasi bilan qutqaruvchilarga “rahmat” deyish uchun aeroportda to‘rt soatdan ortiq kutishgan.
"Biz tongi soat 6 dan beri harbiylarga rahmat aytish uchun keldik", dedi qiz muxbirga.
O‘zbekiston qahramonlarini aeroportda Favqulodda vaziyatlar vaziri, Turkiya elchisi Olgan Bekar olqishlar bilan kutib oldi.
“Og‘ir kunimizda birodar bo‘lib, yonimizda turdingiz. Biz buni hech qachon unutmaymiz”, dedi elchi.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 100 nafar xodimi Turkiyaning Hatay viloyati ma’muriy markazi yaqinidagi Ovakent va Jumabozor shaharlarida ikki haftadan ortiq vaqt davomida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bordi.
Shu vaqt ichida ular 18 kishini qutqarib qolishga va 200 ga yaqin jasadni vayronalar ostidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.