O‘zbekiston va Turkiya bayrog‘i hamda lolalar: FVV qutqaruvchilari kutib olindi – foto, video

Toshkent xalqaro aeroportida qutqaruvchilarni hukumat vakillari, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi hamda yaqinlari kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Bugun Turkiyada 18 kunlik qidiruv-qutqaruv ishlaridan so‘ng O‘zbekiston FVV otradi O‘zbekistonga qaytdi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida qahramonlarcha kutib olindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Toshkent xalqaro aeroportida qutqaruvchilarni hukumat vakillari, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi hamda yaqinlari kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 100 kishidan iborat qidiruv-qutqaruv guruhi tabiiy ofat o‘chog‘i, ya’ni Hatay viloyatiga jo‘natilgan edi.
Otrad ishtirokidagi qutqaruv operatsiyasi 2 haftadan ko‘proq davom etdi va shu vaqt ichida yigitlar vayronalar ostidan 18 nafar tirik odam va 200 ga yaqin jasadlarni olib chiqishdi.
1 / 7
2 / 7
3 / 7
4 / 7
5 / 7
6 / 7
7 / 7