TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar karate WKF bo‘yicha xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida karate WKF bo‘yicha "Yoshlar ligasi" xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.
"Yoshlar ligasi" xalqaro turnirida dunyoning 67 ta davlatdan 1100 nafar sportchi qatnashmoqda.
Karate WKF bo‘yicha "Yoshlar ligasi" xalqaro turniri
© Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Xalqaro turnirda -48 kg vazn toifasida Gulshan Alimardonova oltin medalni qo‘lga kiritib, dastlabki medalni terma jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ydi.