Kiyev rasmiylari Qrimni darhol qo‘lga kirita olmaydi – Bayden

Baydenning aytishicha, Ukraina Rossiya bilan mojaroga qanday barham berishni o‘zi hal qilishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Ukraina Rossiya bilan mojaroga qanday barham berishni o‘zi hal qilishi kerak, ammo Kiyev rasmiylari Qrimni darhol qo‘lga kirita olmaydi. Bu haqda AQSh prezidentdi Jo Bayden ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarini Rossiya yarim oroliga hujumga tayyorgarlik ko‘rish uchun xorijga jo‘natganini ma’lum qilgandi.
"Biz ularga yakuniy natija qanday bo‘lishini aytib o‘tirmaymiz", dedi Bayden.
Bayden Ukraina tomonidan Qrimni qaytarish istiqbollari haqidagi savolga "o‘tish davri boshlanishidan oldin qanday sharoitlarda bo‘lishini tasavvur qilish mumkin", deb javob berdi.
"Hammasi birdaniga emas", deb qo‘shimcha qildi Amerika rahbari.