AQSh BMTdagi ovozlarni sotib oladi – Lukashenko

Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Birlashgan Millatlar Tashkilotida kuchli davlatlar kichikroq davlatlarga bosim o‘tkazadi.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko AQShni BMTdagi ovozlarni sotib olishda aybladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Birlashgan Millatlar Tashkilotida kuchli davlatlar kichikroq davlatlarga bosim o‘tkazadi.
“Amerika dollarlarni bosib chiqaradi. Senga dollar beradi - sen ovoz berasan. Agar ovoz bermasang –olmaysan. Boshqa kuchli davlatlar ham shunday yo‘l tutishadi. G‘arbiylar. Men BMTda ko‘p marta bo‘lganman va buni ko‘rganman”, deydi u
Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, BMT hech qachon kerak bo‘lganda normal qaror qabul qilmagan.
“Yaxshi, urush haqida emas, dunyoda qashshoqlik kamaysin, kambag‘allarga yordam berilsin. Hech bo‘lmaganda gumanitar masalalarda ishlashsin. Ammo hamma joyda kelishmovchiliklar mavjud. Rossiya va Belorus urush, xavfsizlik to‘g‘risida rezolyutsiya kiritganda ham amerikaliklar va boshqalar bunga qarshi ovoz berishadi”, dedi prezident.