Toshkent xalqaro aeroportida kutib oluvchilar uchun maxsus inshoot qurilmoqda – foto

Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish terminali oldida kutib oluvchilar uchun hudud qurilishi boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida kutib oluvchilar uchun maxsus inshoot qurilmoqda. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.
Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish terminali oldida kutib oluvchilar uchun hudud qurilishi boshlandi.
Toshkent xalqaro aeroporti
Rejalashtirilgan ikkita kutish joyidan birinchisi mavjud shiypon o‘rniga quriladi. Qurilish ishlari mart oyi oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.
Toshkent xalqaro aeroporti
“Qurilish ishlari munosabati bilan terminal oldidagi to‘siqdan yashil hududgacha bo‘lgan hudud banner bilan o‘rab qo‘yilgan. Yo‘lovchilarning shaharga chiqishi vaqtincha P2 avtoturargohi orqali (ketish va kelish terminallari o‘rtasida) amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Toshkent xalqaro aeroporti