Samarqanddan Ufaga uchgan samolyot uchish aeroportiga qaytib keldi

Bugun “Azimut” aviakompaniyasining “Samarqand — Ufa” yo‘nalishi bo‘ylab uchgan samolyoti texnik sabablarga ko‘ra Samarqand xalqaro aeroportiga qaytdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Samarqanddan Ufaga uchgan samolyot uchish aeroportiga qaytib keldi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.
Bugun “Azimut” aviakompaniyasining “Samarqand — Ufa” yo‘nalishi bo‘ylab uchgan samolyoti texnik sabablarga ko‘ra Samarqand xalqaro aeroportiga qaytdi.
“Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da bortida 87 yo‘lovchi bo‘lgan AZO7040 reysi uchish aeroportiga kelib qo‘ndi”, deyiladi xabarda.
Ayni damda yo‘lovchilar Samarqand aeroporti terminaliga joylashtirildi.