O‘zbekistonning harbiy texnikalari Abu-Dabidagi ko‘rgazmada namoyish etildi – foto

Abu-Dabida o‘tkazilayotgan xalqaro mudofaa ko‘rgazmasida 65 mamlakatning harbiy texnikalari namoyish etilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekistonning harbiy texnika va mahsulotlari Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro mudofaa ko‘rgazmasida namoyish etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Abu-Dabida 20-fevral kuni IDEX 2023 xalqaro mudofaa ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
IDEX 2023 xalqaro mudofaa ko‘rgazmasi
Mazkur ko‘rgazmada 65 mamlakatdan 1350 ta yetakchi kompaniya ishtirok etmoqda.
IDEX 2023 xalqaro mudofaa ko‘rgazmasi
O‘zbekiston tomonidan ham harbiy-sanoat va boshqa korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan harbiy texnikalar va mahsulotlar namunalari namoyish etilmoqda.
IDEX 2023 xalqaro mudofaa ko‘rgazmasi
Mamlakat stendiga Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi VPK AKSUM mahalliy harbiy-sanoat kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yengil zirhli texnikalar namoyishga qo‘yilgan.