TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Endi avtobusdan avtobusga ikkinchi va keyingi o‘tishlar bepul bo‘ladi. Bu haqda AOKAda Transport vazirligi, "Toshshahartransxizmat" mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Qayd etilishicha, shu yilning aprel oyidan differensial tarif rejalari joriy etiladi.
Unga ko‘ra:
bir soat ichida avtobusdan avtobusga birinchi marta o‘tish 70 %gacha arzonlashadi, keyingilari esa bepul;
avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tishda tarif 30 %gacha arzonlashadi.
Qolaversa, jamoat transportidan kunlik aktiv foydalanuvchilar uchun bir kunlik limitsiz tariflar joriy etiladi.