AQSh Davlat kotibi O‘zbekistonga keladi

AQSh Davlat kotibi Toshkent shahriga tashrif buyuradi.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Entoni Blinken 2023-yil 28-fevral – 1-mart kunlari Toshkent shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar qildi.
“Tashrifning asosiy maqsadi O‘zbekiston-AQSh strategik sherikligini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iboratdir”, - deyilgan xabarda.
Bundan oldin Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi 28-fevral kuni Entoni Blinken Qozog‘istonga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirishini ma’lum qilgandi.
Ostonaga tashrifi davomida prezident Qosim-Jomart Toqayev uni qabul qiladi. Shuningdek, u Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Shu kunning o‘zida Blinken ishtirokida Ostonada Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi ishlar idoralari rahbarlarining C5+1 formatidagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. “Kun tartibida AQSh bilan mintaqaviy hamkorlik va sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari”, — deyilgan axborotda.