“Xavotirga o‘rin yo‘q”– Xitoy Rossiya bilan munosabatlarini ochiqladi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar haqida emas, balki AQShning tinchlikni buzishi haqida tashvishlanishga chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarda tashvish tug‘diradigan hech narsa yo‘q, AQShning tinchlik va barqarorlikni buzishdagi o‘rni haqiqatdan ham xavotir uyg‘otadi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Qayd etilishicha, Rossiya-Xitoy munosabatlari bloklarga qo‘shilmaslik, qarama-qarshilik qilmaslik va uchinchi tomonlarni nishonga olmaslik tamoyillari asosida qurilgan.
"Bu dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashning ijobiy omili, xavotirga o‘rin yo‘q. Dunyo tinchligi va barqarorligiga putur yetkazayotgan Qo‘shma Shtatlarning roli haqiqatan ham tashvishga solishi kerak”, dedi Van Venbin.
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng yirik urush ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, o‘zining 240-yildan ortiq tarixida bu davlat bor-yo‘g‘i 16-yil davomida urushlarda qatnashmagan.