TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Bugun, 23-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:24 da (23.02.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 11:24 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi, deya xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Zilzila koordinatalari: 38,2 gradus shimoliy kenglik; 73 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 470 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston respublikasi hududida sezilish kuchi:
Farg‘ona viloyati 2 ball, 264 km;
Andijon viloyati 2 ball, 292 km.
Eslatib o‘tamiz, bugun Tojikistonda Toshkent vaqti bilan soat 05:37, 05:55, 06:06, 06:35, 07:07, 07:18 da 4 magnitudadan yuqori zilzilalar kuzatilgan. Zilzila kuchi O‘zbekistonning 12 ta viloyatida ham sezilgan.