Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborovni qabul qildi

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya hamraisi Mikoyil Jabborovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov davlat rahbariga Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborovni qabul qildi
Suhbatda avtomobilsozlik, to‘qimachilik va ipakchilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari jadal amalga oshirilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborovni qabul qildi
Qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida bitim imzolanmoqda. Neft-gaz tarmog‘ida, transport va logistika sohalarida istiqbolli loyihalar tayyorlanmoqda.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik ko‘lamini, jumladan, amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish dasturi doirasida yanada kengaytirish muhim ekani qayd eildi.
Ma’lumot uchun, Mikoyil Jabborov boshchiligidagi Ozarbayjon delegatsiyasi qo‘shma Hududlar forumining birinchi yig‘ilishi va Ishbilarmonlar kengashining uchrashuvida ishtirok etadi.