Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi barqaror munosabatlar butun dunyoga foyda keltiradi – OAV

Xalqaro xavfsizlik vaziyati tobora zaif va beqaror bo‘lib borayotgan bir sharoitda ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishi butun dunyo tinchligi uchun foydalidir, deb yozadi muallif.
Sputnik
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi barqaror munosabatlar butun dunyoga foyda keltiradi. Bu haqda “Global Times” yozmoqda.
“Xalqaro xavfsizlik vaziyati tobora zaif va beqaror bo‘lib borayotgan bir sharoitda ikki tomonlama munosabatlarning sog‘lom va barqaror rivojlanishi butun dunyo tinchligi uchun foydalidir”, - deb yozadi muallif.
Unga ko‘ra, G‘arb davlatlari Ukraina mojarosi orqali Moskva va Pekin o‘rtasidagi munosabatlarni buzishga harakat qilmoqda. Masalan, Qo‘shma Shtatlar sodir bo‘layotgan voqealardan Rossiya-Xitoy munosabatlarini qoralash uchun "ma’naviy asos" topdi, kuzatuvchining fikricha, bu sabotaj hech qachon to‘xtamadi.
Muallif, shuningdek, Xitoy har doim boshqa davlatlar bilan munosabatlarni ochiq va samimiy rivojlantirishga intilib kelganini qo‘shimcha qilgan.
Xulosa qilib aytganda, kuzatuvchining ta’kidlashicha, muloqotning yo‘qligi hech qachon biron bir kattalikdagi muammoni hal qilishga olib kelmagan hamda Xitoy va Rossiya har doim mustaqil ikki tomonlama munosabatlarni saqlab kelgan. Va bu, muallifning fikricha, nafaqat ikkala davlat, balki butun dunyo uchun yaxshi.