TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy hamkorlik Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlik kafolatidir, dedi chorshanba kuni Rossiyaning respublikadagi elchisi Oleg Malginov. RIA Novosti xabariga asosan.
“Rossiya-O‘zbekiston hamkorligining yuqori darajasi ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikka ham ta’sir ko‘rsatapti”, dedi Malginov Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan qabulda.
Diplomat ikki davlat qurolli kuchlari o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro tushunish darajasi “shubhasiz, butun Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlashning garovi” ekanini ta’kidladi.
Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston mudofaa vazirlari o‘rtasidagi aloqalar muntazam bo‘lib, harbiy xavfsizlikni ta’minlash, qurolli kuchlarning jangovar salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash bo‘yicha ham qo‘shma chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deb qo‘shimcha qildi Malginov.