TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi ko‘chalarning biriga Usmon Nosir nomi berildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan “Buyuk Turon” mahallasidagi Amir Temur 1-tor ko‘chasi Usmon Nosir ko‘chasi deb qayta nomlandi.
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi ko‘chalarning biriga Usmon Nosir nomi berildi
© Toshkent shahar hokimligi
Shuningdek, ushbu ko‘chaga tutash nomsiz ko‘chaga Usmon Nosir 1-tor ko‘chasi nomi berildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida Toshkent va Namangan shaharlaridagi ko‘chalarga Usmon Nosir nomini berish nazarda tutilgan.