TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov Toshkentda bo‘lib o‘tadigan birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumida ishtirok etadi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Toshkentda 24-fevral kuni O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumi o‘tkaziladi. Biznes-forumda O‘zbekistondan Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ishtirok etadi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston-Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlari tadbirkorlarining ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Forum O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va AZPROMO hamkorligida tashkil etilmoqda.