TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi maxfiy ishchi guruh tuzdi, uning maqsadi Ukraina uchun Sovet o‘q-dorilarini sotib olishdan iborat. Bu haqda RIA Novosti New York Times gazetasiga tayanib xabar berdi.
“Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan tuzilgan maxfiy ishchi guruhi Sovet tipidagi o‘q-dorilarni olishga qaratilgan. Qayd etilishicha, bu guruh “Ukrainani qurollantiradi”, deyiladi xabarda.
Gazetaning yozishicha, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanganidan beri Ukraina davlat kompaniyalari AQSh va boshqa mamlakatlardagi vositachilardan tanklar, vertolotlar, samolyotlar va minomotlar so‘ray boshlagan.
Buyuk Britaniya ham, AQSh ham uchinchi davlatlar va vositachilar ishtirokidagi qurol bitimlarini moliyalashtirdi.
Amerika brokerlari Bosniya va Gersegovina, Serbiya va Ruminiyadagi zavodlarda Ukraina uchun snaradlar qidirmoqda, deb yozadi gazeta.