TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Salom Samadov Bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Salom Ismatovich Samadov Bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Samadov tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Samadov 1990-yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi huquqshunos. U o‘z faoliyati davomida Buxoro va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston prokuraturalari organlarida ishlagan. Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari lavozimlarida o‘z faoliyatini olib borgan.