TOShKENT, 22 fev - Sputnik. Rossiyaning Chelyabinsk viloyati rasmiylari, agrosanoat sohasi vakillaridan iborat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi yakuniga yetmoqda.
Uch kun davom etgan tashrif oxirida delegatsiya vakillari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bilan uchrashdi. Voitov ta’kidlashiga ko‘ra ushbu kabi tashriflar o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish uchun juda zarur.
“Bu muloqot shakli, mening fikrimcha, juda samarali. O‘zaro manfaatli hamkorlik uchun umumiy manfaatlarni topish muhim. O‘z navbatida, biz har qanday tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, — dedi Aziz Voitov.
Delegatsiya vakillari o‘zbekistonlik hamkorlari bilan ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, texnologiyalardan foydalanish, logistika faoliyati samaradorligini oshirish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish imkoniga ega bo‘lishdi. Ular qayd etishiga ko‘ra, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekistondan barcha shart-sharoit mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya delegatsiyasi tarkibida Chelyabinsk viloyati gubernatori o‘rinbosari, viloyati qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Janubiy Ural Savdo-sanoat palatasi vitse-preidenti Sergey Ermakov, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish va logistika sohasi bilan shug‘ullanuvchi qator kompaniyalar rahbarlari bor.
O‘zbekistonga tashrifi davomida ular Savdo-sanoat palatasi vakillari, ixtisoslashgan mutaxassislar, ishbilarmonlar bilan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan.