Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mangu olovga gul qo‘ydi – video

Rossiya elchisi o‘z nutqida O‘zbekiston xalqiga urush xotiralarini saqlab qolgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan aksiya o‘tkazildi. Mangu olovga gulchambar qo‘yish marosimida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov ham ishtirok etdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Rossiya elchisi o‘z nutqida O‘zbekiston xalqiga urush xotiralarini saqlab qolgani uchun minnatdorlik bildirdi.
“Shu kunda biz o‘z mamlakati mustaqilligini qo‘rqmasdan himoya qilgan barcha qahramonlarni yodga olamiz. Umumiy tariximiz xalq xotirasida, yodgorlik majmualarida saqlanib qolgani uchun O‘zbekiston xalqidan minnatdormiz”, dedi Oleg Malginov.
Bundan tashqari, tadbirda O‘zbekiston faxriylar va yoshlar tashkilotlari, respublika milliy madaniyat markazlari vakillari ishtirok etdi.