Moskva Pekinga Ukraina bo‘yicha muvozanatli pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildirdi

Sergey Lavrov Van Iga Xitoyning Ukraina mojarosiga muvozanatli yondashuvi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev - Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi departamenti rahbari Van I bilan Moskvada Ukraina mojarosini muhokama qilishdi. Bu haqida uchrashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tgan brifingda Mariya Zaxarova ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Tabiiyki, uchrashuvda Ukraina inqirozi mavzusi muhokama qilindi, biz Xitoy tomoniga ushbu masala bo‘yicha izchil muvozanatli pozitsiyasi uchun minnatdormiz", - dedi Rossiya TIV rasmiy vakili.
Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, qizg‘in xalqaro muammolarni hal qilish masalasida ikki davlat rasmiylarining qarashlari “ko‘p jihatdan mos keladi”.
“Biz Xitoyning Ukraina inqirozini hal qilishda ijobiy rol o‘ynashga tayyorligini olqishlaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Uchrashuv yakunida Lavrov Rossiya va Xitoy xalqaro huquq va BMTning markaziy rolini hurmat qilish asosida bir-birining manfaatlarini himoya qilishga tayyor ekanini ta’kidladi va Van I ikki mamlakat "ko‘p qutbli dunyo shakllanish yo‘nalishida qat’iy va ishonch bilan harakat qilayotganini" ta’kidladi. Xitoylik diplomat yangi kelishuvlarga erishilishini kutayotganini qo‘shimcha qildi. Keyinroq uni Kremlda Vladimir Putin kutib oldi.