“Do‘st emas” degan so‘z "dushman"dan ham battar – Zaxarova

Zaxarova Baydenning NATO va G‘arb russlarga dushman emas degan murojaatiga munosabat bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Jo Baydenning rossiyaliklarga qilgan murojaatiga munosabaat bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Varshavada so‘zlagan nutqida na AQSh, na Yevropa Rossiyani bostirish yoki yo‘q qilish niyatida emasligini aytdi.
Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi maxsus operatsiyaning majburiy xarakteri haqidagi bayonotiga qarshi chiqishga urinib, "bunga hech qachon zarurat bo‘lmagan"nini qo‘shimcha qildi.
Mariya Zaxarova AQSh prezidentining NATO va G‘arb ruslarning dushmani emasligi haqidagi murojaatiga munosabat bildirib, “do‘st emas” so‘zi dushmandan ham battar ekanligini aytdi.
"Rus tilida "do‘st emas" degan ajoyib so‘z bor. Bu dushmandan ham battar", - deb yozdi Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida.