TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Ukrainadagi urushni aslida ular boshladi, biz uni kuch bilan to‘xtatmoqdamiz, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Kengashga murojaatida.
"Ukrainadagi urushni aslida ular (G‘arb - tahr.) boshladi, biz uni kuch bilan to‘xtatmoqdamiz. <...> Biz o‘z uyimizni o‘z xalqimizni himoya qilmoqdamiz, G‘arbning maqsadi esa - cheksiz hukmronlik qilish", - dedi Rossiya prezidenti.
Ular bizni Minsk shartnomasi va boshqa va’dalar bilan aldab, o‘zlari to‘laqonli urushga tayyorgarlik ko‘rishgan, Ukrainani qurol bilan to‘ldirishdi. Ukrainalik ofitserlarni G‘arb davlatlarida o‘qitib tayyorlashdi, - dedi Putin.
Biz esa ularga ishonib, kutdik. Sakkiz yil davomida ular Donbassni o‘qqa tutdi, aholini qaynab keldi. Donbassliklar esa bizni umid bilan kutishdi.
"Ular Donetsk, Donbass, Luganskga hujumdan keyin Qrim va Sevastopolga zarba berishni rejalashtirgan. Biz buni bilardik. <...> Keyinchalk bunday uzoqni ko‘zlagan rejalarni Kiyevning o‘zi ham ochiqladi", - dedi Putin.
Rossiya prezidenti murojaatida maxsus operatsiya, Rossiyaning iqtisodiy va ijtimoiy rivoji, G‘arb siyosati kabi mavzular ko‘rib chiqildi.
Tadbir Moskvadagi "Gostinniy Dvor" da bo‘lib o‘tdi.