Shavkat Mirziyoyev Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyiga bordi – foto

Rasmiy tashrif bilan Qohirada bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyiga tashrif buyurdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Rasmiy tashrif bilan Qohirada bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyiga tashrif buyurdi.
Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi Fustat shahrida joylashgan. Shavkat Mirziyoyevning muzeyga tashrifi haqida fototasmamizda tanishing.
1 / 7

Shavkat Mirziyoyev Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishdi.

2 / 7

Muzeyda qadim zamonlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan 50 mingdan ortiq ashyolar bor.

3 / 7

Muzeyda fir’avnlar mo‘miyolari, hukmdorlar taxtlari va haykallari, zargarlik buyumlari, shuningdek, uy-ro‘zg‘or va hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

4 / 7

Shavkat Mirziyoyev ekspozitsiyaning Qadimgi, O‘rta va Yangi hukmdorlik, yunon, O‘rta asr va islom davrlariga oid qator xronologik va tematik bo‘limlari bilan tanishdi.

5 / 7

Prezident Misr zaminida bir-birini almashlab kelgan turli sivilizatsiyalarning yodgorliklarini katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdi.

6 / 7

Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi.

7 / 7

Prezident muzeyning Faxriy mehmonlar kitobida qayd qoldirdi.