Samarqandda AGROPRO EXPO-2023 xalqaro ko‘rgazmasi ochildi – video

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston agrosanoatiga bag‘ishlangan qishloq xo‘jaligi forumi ham rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Samarqandda AGROPRO EXPO-2023 xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Unda turli qishloq xo‘jaligi texnikalari, agregatlar, ehtiyot qismlar, sug‘orish tizimlari, issiqxona jihozlari, urug‘lik, ko‘chatlar va boshqa ko‘plab narsalar bilan tanishish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, bu yerda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishga qaratilgan innovatsion ishlanmalar namoyish etiladi.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston agrosanoatiga bag‘ishlangan qishloq xo‘jaligi forumi ham rejalashtirilgan.
Ko‘rgazma 23-fevralga qadar davom etadi.