Rossiyadan MDHga pul o‘tkazmalari 24 milliard dollargacha o‘sdi

MDH mamlakatlari ichida O‘zbekiston pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha mutlaq yetakchi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘tgan yili Rossiyadan bir qator qo‘shni davlatlarga jismoniy shaxslarning pul o‘tkazmalari deyarli 24 milliard dollargacha o‘sdi. Bu ko‘rsatgich 2021-yil natijalaridan 2,45 baravar ko‘pdir, deya xabar berdi RIA Novosti.
Statistik ma’lumotlar Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston, Gruziya va O‘zbekiston Markaziy banklari tomonidan e’lon qilingan.
Qayd etilishicha, MDH mamlakatlari ichida O‘zbekiston pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha mutlaq yetakchi bo‘ldi. Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar mamlakatga Rossiyadan 14,5 milliard dollar pul o‘tkazgan. Bu ko‘rsatgich 2021-yilga nisbatan 2,6 barobar ko‘p.
O‘sish sur’atlari bo‘yicha esa Qozog‘istonga yetakchilik qildi. Rossiyadan bu mamlakatga pul o‘tkazmalari olti baravardan ko‘proq - 773 million dollargacha oshgan.
Keyingi o‘rinlarni, Gruziya, Armaniston va Ozarbayjon qayd etgan.
O‘z navbatida, yuqorida sanab o‘tilgan davlatlardan Rossiyaga o‘tkazmalar, Ozarbayjonni hisobga olmaganda, o‘tgan yili 1,27 barobarga oshgan: 1,45 milliard dollardan 1,85 milliard dollargacha.