Qirg‘iziston O‘zbekistondan chorvachilik mahsulotlarini olib kirishdagi cheklovlarni bekor qildi

Endi Qirg‘iziston O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi hayvonlari va hayvonlardan olingan mahsulotlarni import qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Qirg‘iz Respublikasi O‘zbekiston va AQShdan bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Mamlakatning Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi hayvonlari va hayvonlardan olingan mahsulotlarni olib kirishga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlarni olib tashladi.
Vaqtinchalik cheklovlar o‘tgan yilning sentabr oyida kiritilgan edi.
Shuningdek, AQSh, Qozog‘iston, Rossiya, Hindiston, Mo‘g‘uliston, Afg‘oniston mahsulotlariga kiritilgan cheklovlar ham bekor qilindi.