Misr prezidenti Shavkat Mirziyoyevni qanday kutib oldi? – foto

Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida rasmiy tashrif bilan Misr Arab Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matubot xizmati xabar berdi.
1 / 7

Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

2 / 7

Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

3 / 7

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi davlat rahbarini samimiy qarshi olib, maxsus shohsupaga taklif etdi.

4 / 7

Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat milliy madhiyalari yangradi.

5 / 7

Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.

6 / 7

Abdulfattoh as-Sisi faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.

7 / 7

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng ikki tomonlama oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.