TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Rossiya prezidentining Federal Kengashga yo‘llagan murojaatining katta qismi maxsus operatsiya va Ukraina bilan bog‘liq boshqa voqealarga qaratilgan bo‘ldi.
G‘arb urushga tayyorgarlikni ancha oldin boshlagan
Putin aytishiga ko‘ra, Ukrainada urushga tayyorgarlik Rossiya maxsus operatsiyasidan ancha oldin boshlangan.
Ukrainadagi urushni aslida ular boshladi, biz uni kuch bilan to‘xtatmoqdamiz, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Kengashga murojaatida.
"Ukrainadagi urushni aslida ular (G‘arb - tahr.) boshladi, biz uni kuch bilan to‘xtatmoqdamiz. <...> Biz o‘z uyimizni o‘z xalqimizni himoya qilmoqdamiz, G‘arbning maqsadi esa - cheksiz hukmronlik qilish", - dedi Rossiya prezidenti.
Ular bizni Minsk shartnomasi va boshqa va’dalar bilan aldab, o‘zlari to‘laqonli urushga tayyorgarlik ko‘rishgan, Ukrainani qurol bilan to‘ldirishdi. Ukrainalik ofitserlarni G‘arb davlatlarida o‘qitib tayyorlashdi, - dedi Putin.
Biz esa ularga ishonib, kutdik. Sakkiz yil davomida ular Donbassni o‘qqa tutdi, aholini qaynab keldi. Donbassliklar esa bizni umid bilan kutishdi.
"Ular Donesk, Donbass, Luganskga hujumdan keyin Qrim va Sevastopolga zarba berishni rejalashtirgan. Biz buni oldin ham bilardik. <...> Keyinchalk bunday uzoqni ko‘zlagan rejalarni Kiyevning o‘zi ham ochiqladi", - dedi Putin.
Rossiya Uzoq yillar davomida G‘arb bilan konstruktiv dialog uchun ochiq bo‘ldi, G‘arb o‘z va’dalarini bajarishini kutdi, birgalikda xavfsizlik tizmi ishlab chiqishni taklif qildi, lekin har safar eng muhim masalalar bo‘yicha AQsh va NATOdan keskin rad javobini oldi.
“O‘shanda biz ularning to‘xtash niyati yo‘qligini va tajovuzkor rejalarni bajarish uchun buyruq allaqachon berilganini angladik. Xatar tobora oshib borardi”, - dedi Putin.
“Bir vaqtning o‘zidja Ukrainada G‘arb tomonidan “antirossiya” siyosati faol olib borilardi. Aslida bu rejalar yangi emas, ularning ildizi 19-asrga taqaladi”, - dedi Putin.
Kiyevda hukumat kuratorlari qo‘liga o‘tganidan so‘ng AQSh va NATO Ukrainadan “antirossiya” Rossiyaga qarshi kurash vositasi yasay boshladi. Ular Rossai chegaralari yaqinida ko‘plab harbiy obyektlar, biolaboratoriyalar qurishni boshladi, harbiy o‘quv mashqlarida esa bo‘lajar harbiy harakatlar teatrini o‘rganishdi.
Maxsus operatsiya ishtirokchilari
Rossiya prezidenti maxsus operatsiya ishtirokchilariga minnatdorlik bildirgan holda, qurbon bo‘lgan askar va zobitlarning oila a’zolarini doimiy qo‘llab-quvvatlash va buning uchun maxsus fond tashkil etilganini aytib o‘tdi.
Rossiya qurolli kuchlarini rivojlantirish
Putin Rossiya Armiyasining kelajakdagi rivojlanishida maxsus operatsiya doirasida orttirilgan jangovar tajribaga asoslanish lozimligni ta’kidladi.
Putin aytishiga ko‘ra, Rossiya yadroviy ushlab turish kuchlari ta’minot darajasi 91,3%ga yetganini va barcha boshqa qo‘shin turlarida ham ushbu kabi ko‘rsatgichlarga yetishish kerakligini ta’kidladi.
Iqtisodni yangi borsqichga olib chiqish
Putin aytishiga ko‘ra, G‘arb koalitsiyasi tomonidan kiritilgan ko‘p sonli sanksiyalarga qaramasdan, Rossiya o‘z iqtisodini saqlab qolgan, rubl mustahkam, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi rivojlanmoqda.
Hozirgi sharoitda Rossiyaning strategik vazifasi bugungi sharoitlarga ko‘nikish emas, balki milliy iqtisodiyotni yangi darajaga chiqarish, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Kengashga bo‘lgan murojaatida.
“Alohida aytmoqchiman – ishimizning mohiyati hozirgi sharoitlarga ko‘nikish emas. Strategik vazifamiz - iqtisodiyotimizni yangi bosqichga olib chiqish. Hozir hammasi o‘zgarapti, qolaversa, juda tez ravishda. Bu nafaqat tahdidlar, balki imkoniyatlar vaqti”, - deydi Putin.
Rossiya rahbarining aytishicha, Rossiyada mehnat bozori ancha qulay bo‘ldi.
“Biz mehnat bozorida kamayish bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadik, aksincha, hozirgi sharoitda ishsizlikni kamaytirishga erishdik. Bugun, har tomondan qiyinchiliklar bo‘lgan paytda, mehnat bozori avvalgidan qulayroq bo‘ladi”, - deydi u.
Davlat rahbarining eslatishicha, pandemiyagacha ishsizlik darajasi 4,7%, hozir esa 3,7% ni tashkil etadi – bu tarixiy minimum.
Uning aytishicha, xalqaro hisob-kitoblarda rubl hissasi 2021-yilning dekabr oyiga nisbatan ikki barobar oshgan
“Ta’kidlash lozim, Rossiya rublining xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi 2021-yilning dekabriga nisbatan ikki baravar ko‘paydi va uchdan birni tashkil etdi. Do‘st mamlakatlar valyutalari bilan birgalikda bu yarmidan ko‘p degani. Biz G‘arb zahira valyutalaridan mustaqil barqaror, xavfsiz xalqaro hisob-kitob tizimini shakllantirish borasida hamkorlikda ishlashda davom etamiz. Bunday siyosatda G‘arb hukmdorlari o‘z xarakterini yo‘qotishga mahkum. Ular o‘z qo‘llari bilan shunday qilishapti”, - deydi prezident.
“Rossiya fermerlari 150 million tonnadan ortiq g‘alla, jumladan, 100 million tonnadan ortiq bug‘doydan rekord miqdorda hosil oldi. Qishloq xo‘jaligi yili oxirigacha, ya’ni 2023-yilning 30-iyuniga qadar don eksporti hajmini 55-60 million tonnaga yetkazamiz. Bundan 10-15 yil oldin bu shunchaki ertak, mutlaqo real bo‘lmagan reja bo‘lib tuyulardi”, - dedi Putin o‘z murojaatida.
Iqtisodda yana bir muhim o‘zgarish - bu Rossiya kompaniyalarini offshor hududlardan olib chiqish, ularni o‘z vatani rivojiga hissa qo‘shishga undash, dedi prezident.
“So‘nggi voqealar G‘arb – tinch bandargoh, kapital uchun xavfsiz joy emasligini ko‘rsatdi. Buni o‘z vaqtida tushunib yetmaganlar, Rossiyada pul ishlab uni xorijga sarmoya kiritganlar – ko‘p narsa yo‘qotdi. U yerda ularni shunchaki talon-taroj qilishdi. Hatto qonuniy ishlab topilgan pullarini ham”, - dedi Putin.
Endi bo‘lsa, yo‘qotilgan boylik ortidan yugurib yurish, uni qaytarishni so‘rash befoyda va ma’nosiz, deb rossiyalik biznesmenlarga murojaat qildi Putin.
Bir vaqtning o‘zida ularni Rossiya hududiga investitsiya kiritish, Rossiya bilan birga bir jonu bir tan bo‘lib rivojlanishga dav’vat qildi.
Shuningdek, davlat rahbari iqtisodning barcha tarmoqlariga davlat tomonidan yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, davlat rahbari iqtisodning barcha tarmoqlariga davlat tomonidan yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.
Qadriyatlarni asrab qolish
Murojaatida davlat rahbari Rossiya qadriyatlari va o‘ziga xosligini himoya qilish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
"Rossiya ochiq davlat va shu bilan birga o‘ziga xos sivilizatsiya. Bu bayonotda hech qanday yakkaxonlik va ustunlikka da’vo yo‘q, lekin bu sivilizatsiya bizniki, asosiysi shu. Uni bizga ota-bobolarimiz meros qilib qoldirgan va biz uni avlodlarimiz uchun saqlab qolishimiz va yetkazishimiz kerak", - dedi Putin.
Shu bilan birga, u, uning fikricha, G‘arb dunyosi mamlakatlarida mavjud bo‘lgan qadriyatlar muammolariga to‘xtalib o‘tdi. G‘arb davlatlari o‘z qadriyatlarini yo‘q qilmoqda, buzuqlikni, jumladan, pedofiliyani norma deb e’lon qilmoqda, - dedi Putin.
“Ma’lum bo‘lishicha, Angliya cherkovi jinsiy neytral Xudo haqida g‘oyalarni ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqchi, to‘g‘ri, hozircha rejalashtirapti. Bu haqida nima deyish mumkin? Parvardigor, o‘zing kechirgin, ular nimalar qilishayotganini anglashmayapti”, - dedi Rossiya prezidenti.
Lekin men ularga aytmoqchimanki, muqaddas kitoblarni o‘qing, barcha dunyo dinlarining asosiy kitoblarini qarang - u yerda hamma narsa aniq aytilgan, shu jumladan oila haqida ham. Bu erkak va ayolning birligidir. Ammo ular bu muqaddas tushunchalarni ham shubha ostiga olmoqda”, - dedi prezident.
Kuchli ta’lim an’analariga qaytish
Rossiya ta’lim tizimini rivjlantirish borasida prezident OTMlarda an’anaviy ta’lim tizimi – 4-6 yillik o‘qish sistemasiga qaytishni taklif qildi. Bunda har bir kasb talablariga muvofiq OTMlar taaluqli o‘quv dasturlari ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.
Yangi ta’lim tizimiga o‘tish bosqichma-bosqich bo‘ladi. Mutaxassislar magistratura va ordinaturada o‘qishni davom ettiradi.
Hozir ta’lim olayotgan talabalar esa amaldagi dasturlar bo‘yicha o‘qishni davom ettiradi.
Yadroviy sinovlar
Putin Rossiya AQSh bilan imzolangan Hujum qurollarini cheklash shartnomasi (DNSV)ni vaqtincha to‘xtatib turishi haqida e’lon qildi. Prezident aytishiga ko‘ra, AQSh va G‘arb davlatlarning o‘zi ushbu kelishuvni barbod qilganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
"Rossiya strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnomadagi ishtirokini to‘xtatmoqda. Takror aytaman: u chiqmayapti, balki ishtirokini to‘xtatmoqda. Lekin biz ushbu masalaga qaytishdan oldin NATO a’zosi bo‘lgan Buyuk Britaniya va Fransiya nima istashini va ularning strategik arsenalini qanday o‘lchashni aniqlab olishimiz kerak", - deya ta’kidladi Rossiya rahbari.
Shu o‘rinda Rossiya prezidenti G‘arbning bir vaqtning o‘zida Rossiyani “strategik mag‘lub etish” va yadroviy obyektlariga inspeksiya yuborish istagini – kulguli deb atadi.
Undan tashqari Rossiya prezidenti AQSh o‘zining saqlash muddati tugab borayotgan yadroviy qurollarini sinovdan o‘tkazish rejasi borligini ham aytib o‘tdi.
“Men Mudofaa vazirligi va Rosatomga tegishli topshiriq berdim. Biz hamadroviy qurolni sinovdan o‘tkazishga tayyorlab qo‘yamiz. Albatta biz birinchi bo‘lib boshlamaymiz, lekin AQSh buni amalga oshirsa – biz ham amalga oshiramiz”, - dedi Putin.
Haqiqat biz tomonda
Putin aytishiga ko‘ra, G‘arb davlatlari rahbarlari Rossiyani “strategik mag‘lub etishni” orzu qilishmoqda, ular mahalliy mojaroni global qarama-qarshilikka aylantirmoqchi.
“Biz buni yaxshi tushundik va shunga muvofiq harakat qilamiz. Chunki bu yerda gap davlatimiz taqdiri haqida ketmoqda. Ularning ham Rossiyani jang maydonida yengib bo‘lmasligini tushunib yetmasdan iloji yo‘q. Shu sababli ham ular bizga qarshi qo‘lidan kelgan barcha vositalardan foydalanmoqda”, - dedi Rossiya prezidenti.
Rossiya bosqichma-bosqich va qat’iyat bilan bilan maxsus operatsiya oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda davom etadi.
Shuningdek Aksariyat rossiyaliklar vatanparvarlik bilan maxsus harbiy operatsiyani qo‘llab-quvvatlayotganiga e’tibor qaratdi.
“O‘ylaymanki, hammamiz, bizning ko‘p millatli xalqimiz, ko‘plab fuqarolarimiz maxsus harbiy operatsiyaga nisbatan prinsipial pozitsiyada turdi. Qilayotgan ishlarimizning mohiyatini anglashdi. Donbassni himoya qilish bo‘yicha ishlarimizni qo‘llab-quvvatlashdi. Ushbu qo‘llovda xalqimizga xos bo‘lgan haqiqiy vatanparvarlik namoyon bo‘ldi”, - deydi Putin.
Bugun biz mashaqqatli, mashaqqatli yo‘lni birgalikda bosib o‘tmoqdamiz va barcha qiyinchiliklarni birgalikda yengamiz. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas, chunki biz buyuk ajdodlarimiz ibratida tarbiyalanganmiz. Biz Vatanga sadoqat, iroda va hamjihatlik bilan oldinga intilamiz.
Ushbu hamjihatlik maxsus harbiy operatsiyaning dastlabki kunlaridanoq o‘zini namoyon qildi: yuzlab ko‘ngillilar, mamlakatimizning barcha xalq vakillari Donbass himoyachilari yonida turishga, o‘zlari uchun jang qilishga qaror qilishdi.
Hozir ko‘pmillatli Vatanimizning barcha hududlaridan kelgan jangchilar frontda yelkama-yelka jang qilmoqda. Ularning duolari turli tillarda yangraydi, lekin barchasi g‘alaba uchun, jangchi safdoshlari uchun, Vatan uchun.
Rossiya har qanday chaqiriqlarga javob beradi, chunki biz hammamiz bir mamlakat, bitta katta va birlashgan xalqmiz. Biz o‘zimizga ishonamiz, qobiliyatimizga ishonamiz. Haqiqat - biz tomonda, deb so‘zini yakunladi Putin.