G‘arb yovuzliklarini hech kim unutmaydi – Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Kengashga mamlakatdagi vaziyat, davlat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yillik murojaat bilan chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 fev – Sputnik G‘arb yovuz kuchlarni erkinlikka chiqarganini hech kim unutmaydi, dedi Rossiya prezidenti Federal Kengashga murojaatida.
Shunday tasavvur paydo bo‘lyaptiki, Rossiyaga qaratilgan ayblar G‘arbning butun mintaqalarni xaosga tashlab nimalar qilib qo‘yganini hamma unutishi uchun o‘ylangandek. Ammo dunyoda hech kim G‘arbning yovuz kuchlarga erkinlik berganini unutgani yo‘q, deydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

“Yaqinda Munxendagi konferetsiyada Rossiyaga nisbatan cheksiz ayblovlar angradi. Shunday tasavvur paydo bo‘lyaptiki, bularning barchasi G‘arbning so‘nggi o‘n yilliklardagi qilmishlarini hamma unutishi uchun qilinayotgandek. Ular yovuz kuchlarga ozodlik berdi, bu butun boshli mintaqalarni xaosga olib keldi”, - deydi Rossiya rahbari o‘z murojaatida.

Uning ta’kidlashicha, amerikalik ekspertlarning baholariga ko‘ra, AQShning 2001-yildan buyon keltirib chiqargan urushlari davomida qariyb 900 ming kishi halok bo‘lgan, 38 milliondan ortiq aholi qochoqlarga aylangan.

“Ular bularning barini insoniyat xotirasidan o‘chirish uchun qilyapti. Va o‘zlarini xuddi hech nima bo‘lmagandek tutishapti. Ammo bu haqida dunyoda hech kim unutmaydi” , - deya alohida ta’kidlayli Rossiya rahbari.

Putin o‘z nutqida shuningdek, Ukraina mojarosi, Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalar, Rossiya harbiy sanoati, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi mavzularda to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir Moskvadagi "Gostinniy Dvor" da bo‘lib o‘tmoqda.