TOShKENT, 21 fev - Sputnik. SSSR parchalanganidan so‘ng G‘arb postsovet davlatlariga “o‘t qo‘yish”ga bo‘lgan urinishlaridan voz kechmayapti, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Kengashga yo‘llagan murojaatida.
"Yana muhim narsa: Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin ham G‘arb postsovet davlatlariga o‘t qo‘yishga urinishlarini to‘xtatmadi va bizning tarixiy davlatimizning saqlanib qolgan eng yirik qismi - Rossiyani...”, dedi Putin.
Shuningdek, Rossiya prezidenti G‘arb davlatlari qo‘li bilan Ukrainada uyushtirgan davlat to‘ntarilishini, undan keyin qo‘shni va qardosh davlatda sodir bo‘lgan millatchilik, uni Rossiyaga qarshi plasdarmga aylantirishga bo‘lgan urinishlarni ham aytib o‘tdi.
AQSh va NATO Rossiyani "strategik mag‘lubiyatga" uchratish maqsadida uning atrofida ko‘plab harbiy obyektlar qurayotganini aytib o‘tdi.
"Qo‘shma Shtatlar va NATO tezda o‘z armiya bazalarini, mamlakatimiz chegaralari yaqinida yashirin biologik laboratoriyalarni joylashtirdi, harbiy manyovrlar davomidja bo‘lajak harbiy amaliyotlar teatrini o‘zlashtirdi”, dedi davlat rahbari.
Undan tashqari, Rossiyaga maksimal zarar yetkazish va uning imkoniyatlarini cheklash maqsadida G‘arb Kiyevga hatto yadroviy qurolli davlat maqomini berish rejalari yo‘q emasligi aytdib o‘tdi.
Putin o‘z nutqida shuningdek, Ukraina mojarosi, Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalar, Rossiya harbiy sanoati, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi mavzularda to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir Moskvadagi "Gostinniy Dvor" da bo‘lib o‘tmoqda.