TOShKENT, 21 fev – Sputnik. G‘arb gender neytral xudoni o‘ylab topdi, Xudoning o‘zi ularni kechirsin, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Kengashga murojaatida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Angliya cherkovining jinsiy neytral Xudo haqidagi g‘oyalarni ko‘rib chiqish haqidagi rejalari haqida to‘xtalar ekan, ularning nimalar qilishayotganini umuman tushunishmayotganini aytdi.
“Ma’lum bo‘lishicha, Angliya cherkovi jinsiy neytral Xudo haqida g‘oyalarni ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqchi, to‘g‘ri, hozircha rejalashtirapti. Bu haqida nima deyish mumkin?. Parvardigor, o‘zing kechirgin, ular nimalar qilishayotganini anglashmayapti”, - deydi prezident.
Angliya cherkovining bosh sinodi avvalroq bir jinsli juftliklarga “oq fotiha” berish haqida qaror qabul qilgan edi. Jamoaviy bosimga qaramasdan, cherkov nikoh faqat erkak va ayol o‘rtasida tuzilishi haqidagi mavjud ta’limotni o‘zgartirmaslikka qaror qildi. Bundan tashqari, Guardian nashri Angliya cherkovi Xudoga murojaat qilish uchun gender-neytral atamalardan foydalanishni o‘rganayotgani haqida xabar berdi: Lichfild yepiskopi doktor Maykl Ipgravening aytishicha, cherkov bu masalani bir necha yil davomida o‘rganib chiqdi va bahorda gender tili bo‘yicha loyiha ko‘rib chiqiladi.
Putin o‘z nutqida shuningdek, Ukraina mojarosi, Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalar, Rossiya harbiy sanoati, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi mavzularda to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir Moskvadagi "Gostinniy Dvor" da bo‘lib o‘tmoqda.