Shavkat Mirziyoyevni Qohira aeroportida Misr prezidenti kutib oldi - foto

Shavkat Mirziyoyevning Misrga tashrifi boshlandi, aeroportda O‘zbekiston prezidentini Abdulfattoh as-Sisi kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyev rasmiy tashrif bilan Misrga yetib keldi.
Qohira aeroportida davlat rahbarini Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi kutib oldi. Oliy mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat bayroqlari ko‘tarildi.
Shavkat Mirziyoyevni Qoxira aeroportida Abdulfattoh as-Sisi kutib oldi.
Davlat rahbarlarining qisqa uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev va as-Sisining qisqa uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif rejasiga muvofiq, bugun O‘zbekiston prezidenti Qohirada kelib chiqishi Farg‘ona vodiysidan bo‘lgan buyuk alloma Ahmad Farg‘oniy tomonidan barpo etilgan “Miqyosi Nil” inshootiga tashrif buyuradi va Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishadi.
Tashrifning asosiy tadbirlari, jumladan oliy darajadagi muzokaralar 21-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda tomonlar ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishadi va qator hujjatlar imzolanadi.

Ma’lumot uchun, tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Misrning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
1 / 5

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Qohiraga yetib keldi. Qoxira aeroportida faxriy qorovul saf tortdi.

2 / 5

Shavkat Mirziyoyevni Qoxira aeroportida Abdulfattoh as-Sisi kutib oldi.

3 / 5

Shavkat Mirziyoyevni Qoxira aeroportida Abdulfattoh as-Sisi kutib oldi.

4 / 5

Qoxira aeroportida faxriy qorovul saf tortdi.

5 / 5

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Qohiraga yetib keldi.