TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Panorama Airways 17-fevraldan Sochidan Toshkentga parvozlarni amalga oshira boshladi. Bu haqda "Aerodinamika" GK matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq “Aerodinamika”da xabar qilinganidek, Sochi xalqaro aeroporti xorijiy aviatashuvchilarni qidirmoqda. Hozirda O‘zbekistonga parvozlar ikki aviatashuvchi – "Azimut" va "Uzairways" tomonidan amalga oshirilmoqda.
“Yangi aviakompaniyaning Sochi aeroportidan Toshkentga parvozlari boshlandi”, - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Ta’kidlanishicha, 2022-yilda O‘zbekiston yo‘nalishlarida yuz mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan. Aytilishicha, reyslar haftada bir marta - juma kunlari amalga oshiriladi.
“Barcha parvozlar qulay Airbus A320 avialaynerlarida amalga oshiriladi”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Umuman olganda, operator ma’lumotlariga ko‘ra, qishki jadval tugagunga qadar Sochidan 19 ta xalqaro yo‘nalishga 12 ta tashuvchidan parvozlar amalga oshiriladi. 2023-yil boshidan buyon jami mingdan ortiq xalqaro reyslar amalga oshirildi.
Sochi xalqaro aeroporti 1945-yilda tashkil etilgan. U 2014-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yangilangan. Bugungi kunda aeroport 65 000 kvadrat metr maydonga ega zamonaviy majmuadir.