Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 20-fevralning asosiy xabarlari

Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy xabarlari.

Rossiya Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi LXRning Novoselovskoe, Xarkov viloyatining Masutovka va Kraxmalnoe aholi punktlari hududlarida joylashgan UQK bo‘linmalariga zarba berdi. Natijada bir sutkada 50 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank va uchta avtomobil yo‘q qilindi.
Krasno-Limansk yo‘nalishida "Markaz" guruhi kuchlari zarbalari natijasida DXRning Yampolovka, Stelmaxovka va LXRning Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida 100 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchilar, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita D-30 gaubitsasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-37 batareyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janubiy" qo‘shinlar guruhi, ko‘ngillilar va havo-desant kuchlari bo‘linmalari hujumi natijaisda Donetsk Xalq Respublikasining Paraskoviyevka aholi punktini ozod qilindi. Dushman 115 dan ortiq harbiy xizmatchisi, bitta BMP, uchta zirhli jangovar mashinasi, ikkita yengil avtomobili, ikkita "Grad" reaktiv tizimi, D-30 gaubitsasi, tankga qarshi "Rapira" miltig‘i, shuningdek AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-36 artilleriyaga qarshi radar yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" kuchlar guruhi DXRning Ugledar, Dobrovole hamda Zaporojye viloyatining Gulyaipole va Yurkovka aholi punktlari hududlaridaUQK bo‘linmalariga zarba berdi. Dushman yo‘qotishlari 60 nafar harbiy xizmatchi, bitta tank, ikkita zirhli jangovar texnika, D-20 gaubitsasi va ikkita D-30 gaubitsasini tashkil etdi.
Shuningdek, Zaporoje viloyatining Malinovka, DXRning Ugledar va Vodanoe aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining uchta o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida o‘ziyurar "Akatsiya" gaubitsasi, "Giatsint" va "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi va uchta D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi. Xerson shahri yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar omboriga zarba berildi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriya Ukraina Qurolli Kuchlarining 124 ta hududda joylashgan 98 ta artilleriya bo‘linmalariga otish pozitsiyalarida zarba berdi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyoti Xarkov viloyati Izum shahri yaqinida havo jangida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-27 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari LXRning Vladimirovka, Kolomiychixa, Zmeyevka, Rubejnoe, Ploshanka, Krasnorechenskoe, Kremennaya aholi punktlari, shuningdek DXRning Novoandreevka, Volnovakha, Yelenovka hamda Zaporojye viloyatining Lesnoe aholi punktlari hududida UQKning 15 ta uchuvchisiz apparatlari va bitta HIMARS (AQSh) snaradi tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina jami 386 ta samolyot, 210 ta vertolot, 3 193 ta uchuvchisiz uchish apparati, 405 ta zenit-raketa tizimi, 7 945 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1 031 ta raketa-tashuvchi jangovar texnika, 4 ta artilleriya, 4 ta artiller. va minomotlar, shuningdek, 8465 dona maxsus harbiy texnika.