TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Umumta’lim muassasalarida 100 mingta to‘garak tashkil etish bo‘yicha zarur ishlar boshlandi deb xabar qilmoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
Bunda o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, IT injiniring, tarjimonlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etishga ustuvorlik berilmoqda.
Ushbu maqsadlar uchun davlat budjetidan 79,5 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lib, to‘garaklar yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish, ta’lim muassasalarida bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur topshiriqlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022—2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida belgilangan edi.