Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

G‘arb Ukrainaga yetkazib bergan qurolning qanchasi yo‘q qilingani ma’lum bo‘ldi

NATO davlatlari Kiyevga yetkazib bergan millionlab qurol-aslahaning aksariyati allaqachon yo‘q qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Rossiya Qurollari kuchlari G‘arb tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan harbiy texnikaning katta qismini yo‘q qilindi, deb xabar berdi Rossiya Tashqi razvedka xizmati. RIA Novosti xabariga asosan.
“2021 yil dekabridan boshlab NATO davlatlari Ukraina Qurolli Kuchlariga 1170 ta havo mudofaa komplekslari, 440 ta tank, 1510 ta BMP, 655 ta artilleriya qurollari topshirgani haqida ma’lumotga ega. ", - dedi boshqarmalar matbuot xizmati.
Bundan tashqari, ittifoqchilar Kiyevga yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlari (RSZO) uchun 9800 ta raketa, 609 000 ta tankga qarshi o‘qlar va 1 206 000ta snarad oldi.
Rossiya o‘tgan yil bahorda Ukrainaga qurol yetkazib berilayotgani sababli NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov harbiy texnika bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini aytib o‘tgan edi. Diplomat aytishiga ko‘ra, AQSh va alyans mojaroda bevosita ishtirok etmoqda – nafaqat qurol yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash bilan ham.
Rossiya o‘tgan yilning 24-fevralida Ukrainada harbiy amaliyot boshlagan edi. Prezident Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya" qilish, Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar bo‘lgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.