Bayden Ukrainaga qanday va’dalar bilan kelgani ma’lum bo‘ldi

AQSh Kiyevga umumiy qiymati 500 million dollar bo‘lgan qurol-aslaha yetkazib berishni va’da qildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Oq uy AQSh prezidenti Jo Baydenning bugun Ukrainada bo‘lib o‘tayotgan tashrifiga doir bayonotini e’lon qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Unda, xususan AQSh Ukrainaga harbiy yordam berishda davom etishi va Rossiyaga qo‘shimcha sanksiyalar kiritilishi va’da berilgan.
Amerika prezidenti Kiyevga yangi, umumiy qiymati $500 mln. bo‘lgan harbiy yordam jo‘natishni va’da berdi. Uning tarkibiga havo mudofaa tizimlari, jumladan HIMERS yoppasiga o‘t ochish tizimi ham kirishi aytilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Bayden Kiyevga poyezdda yetib kelgan. Bu maxsus operatsiya boshlangagnidan buyon AQSh prezidentining Ukrainaga birinchi tashrifidir.
Kiyevdan so‘ng Bayden Polshaga yo‘l oladi va u yerda Anjey Duda bilan uchrashadi, NATO bo‘yicha ittifoqchilar oldida nutq so‘zlaydi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.