Bayden Kiyevga keldi

Bayden Ukrainaga tashrif buyurdi va yangi qurollar yuborishni va’da qildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev - Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyevda, deb xabar qilmoqda “Ukraina haqiqati” nashri.
“AQSh prezidenti Bayden Kiyevga yetib keldi. Jo Bayden Vladimir Zelenskiy bilan Avliyo Maykl soborida uchrashdi", - ”, — deyiladi xabarda.
Oq uy ham Baydenning Kiyevga tashrifini tasdiqladi va taaluqli bayonot tarqatdi. Unda yangi qurollar yetkazib berilishi va shu hafta joriy etiladigan sanksiyalar e’lon qilinishi xabar qilingan.
Biroz oldin Ukrainaning "Strana.ua" nashri xorijiy delegatsiyalar kelishi sababli poytaxt markazidagi ko‘chalar to‘sib qo‘yilgani haqida xabar bergan edi. Keyinroq Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksandr Dubinskiy buni Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi direktori Kristalina Georgiyevaning tashrifi bilan bog‘liqligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun butun Ukraina hududida, jumladan Kiyevda ham havo hujumi xavfidan ogohlantirishi e’lon qilingan edi.