TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Turkmanistondan O‘zbekistonga yordam sifatida yuborilgan bepul gaz bugun, 19-fevral kuni yetib keldi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
“Suyultirilgan gaz ortilgan vagonlar Qoraqalpog‘istonga yetib kelgan va aholiga tarqatilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga bepul suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhammedov “Türkmengaz” davlat konserniga topshiriq bergandi. Bu bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda O‘zbekistonni do‘stona qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingandi.