Turkiyadagi zilziladan keyin yerda ulkan yoriq paydo bo‘ldi – video

Hosil bo‘lgan ulkan yoriqning chuqurligi 30 metrga, kengligi esa 200 metrga yaqin.
Sputnik
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Turkiyaning IHA axborot agentligi mamlakat janubidagi Hatay viloyatida paydo bo‘lgan tektonik yoriqlar tasvirini e’lon qildi.
Ma’lumki, kuchli zilzila episentri Hatay viloyatida bo‘lib, hodisa qurbonlar soni bo‘yicha Turkiya tarixidagi eng halokatli tabiiy ofat bo‘ldi.
Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hosil bo‘lgan ulkan yoriqning chuqurligi 30 metrga, kengligi esa 200 metrga yaqin.
Turkiyadagi zilzila oqibatida 35 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, nafaqat uylar, balki cherkovlar, masjidlar, tarixiy va madaniy ahamiyatga ega binolar vayron bo‘ldi.