Turkiyadagi qutqaruv ishlarining katta qismi qachon yakunlanishi ma’lum bo‘ldi

Turkiyada 6-fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari sonining 40 642 nafarga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Turkiyaning janubi-sharqidagi zilzilalardan keyingi qidiruv-qutqaruv ishlari yakshanba kuni yakunlanadi. Bu haqda Tabiiy ofatlarga yordam berish boshqarmasi rahbari Yunus Sezer ma’lum qildi,deya xabar berdi RIA Novosti.

“Qidiruv va qutqaruv ishlarining katta qismi ertaga oqshom yakunlanadi" dedi u.

Aytilishicha, Turkiyada 6-fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari sonining 40 642 nafarga yetdi. Zilzila oqibatida 108 068 kishi jabrlangan. 430 mingdan ortiq odam ofat hududidan boshqa hududlarga olib chiqildi.