Turkiyada qutqaruvchilar vayronalar ostidan 2 mln $ topib olishdi – video

Gaziantep shahridagi turar-joy majmuasi vayronalari ostidan topilgan pullar politsiyaga topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Turkiyaning Gaziantep shahrida qutqaruvchilar uy vayronalari ostidan qariyb 2 million dollar topib olishdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, qutqaruvchilar turar-joy majmuasi vayronalari ostidan Ayshe-Mehmet Po‘latni olib chiqish vaqtida pulni ko‘rib qolishgan.
Turkiyalik qutqaruvchilar
“Erkakning yonida jami 2 million dollar bor edi, qutqaruvchilar pullarni maxsus kuchlarga topshirishdi. Yigitlarimiz birinchi navbatda hayotni saqlab qolishadi, lekin qimmatbaho buyumlar ham politsiyaga topshiriladi – bu alohida holat emas”, dedi agentlikka Gaziantep yong‘in xavfsizligi xizmati rahbari Cafer Yilmaz.
Avvalroq Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilariTurkiyada turar-joy binosi vayronalari ostidan 150 ming dollar naqd pul topib olib, uni mahalliy politsiyaga topshirishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 77 mamlakatdan 9400 dan ortiq xorijlik qutqaruvchi ishlamoqda.