TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida mart oyida kapsulali mehmonxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.
Mart oyi oxiriga qadar aeroportdagi “steril” zonasida yana bir blok foydalanishga topshiriladi, u yerda kapsulali mehmonxona, hammom, tahorat va namoz o‘qish xonalari hamda “Anjir” biznes zali o‘z faoliyatini boshlaydi.
“Bu mutlaqo yangi inshoot bo‘lib, aeroport majmuasini yana 875 kv.m ga kengaytirib, xalqaro va transfer yo‘lovchilari uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Kuni kecha aeroportda 2640 kv.m maydondagi “steril” zonaning chap qismi ishga topshirildi.
Toshkent xalqaro aeroporti
© Uzbekistan airports
Yangi hududda yana bir Duty Free do‘koni va “Art Bazaar” savdo paviloni ochildi.
Toshkent xalqaro aeroporti
© Uzbekistan airports
Bu yerda hunarmandlar, milliy gastronomiya, gadjetlar va xalqaro sim-kartalar, zargarlik buyumlari, bolalar ovqatlari, shirinliklar, dorixona va kafe-bar mavjud.
Toshkent xalqaro aeroporti
© Uzbekistan airports
Shuningdek, “steril” zonada elektron qurilmalarni quvvatlantirish imkoniyatiga ega birinchi “soworking-corner” tashkil etildi. Yaqin kelajakda terminalning turli joylarida yana bir nechta shunday burchaklarni tashkil etish rejalashtirilgan.
Toshkent xalqaro aeroporti
© Uzbekistan airports