TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi.
TIV rahbari Baxtiyor Saidov Turkiyaga bordi
© O‘zbekiston TIV
“Turkiya tashqi ishlar vaziri, qardoshim Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan Turkiyaning Gaziantep shahrida uchrashdim”, deb yozadi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Baxtiyor Saidov o‘z so‘zida O‘zbekiston prezidenti va xalqi nomidan Turkiyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzila munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirib o‘tdi.
TIV rahbari Baxtiyor Saidov Turkiyaga bordi
© O‘zbekiston TIV
“Ushbu tabiiy ofat oqibatlari barchamizning qalblarimizni chuqur yaraladi. Bu og‘ir paytlarda biz Turkiya bilan birgamiz”, deya qo‘shimcha qildi u.