Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomoniga ballistik raketa uchirdi

Raketaning masofasi, balandligi va tezligi haqida hozircha xabar qilinmagan.
Sputnik
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomoniga ballistik raketa uchirdi. Bu haqda RIA Novosti Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlariga tayanib xabar berdi.

“Shimoliy Koreya Yapon dengiziga qarab ballistik raketa uchirdi”, deyiladi xabarda.

Raketaning masofasi, balandligi va tezligi haqida hozircha xabar qilinmagan.
KXDR oxirgi marta ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha raketalarni 2022-yilning so‘nggi oyida uchirgan edi. Parvoz mamlakat poytaxti Pxenyan janubida joylashgan Xvanxe-Bukto provinsiyasidan amalga oshirilgan.