TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar Rossiya Federatsiyasining Ukrainada maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan keyin Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning chuqurlashishidan xavotirda. Bu haqda Munxen xavfsizlik konferensiyasida AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Biz Pekin Moskva bilan munosabatlarini chuqurlashtirganidan ham xavotirdamiz (maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri – tahr.), - dedi Xarris.
Rossiya va Xitoy rahbarlari avvalroq ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini ikki barobarga oshirish, 2024-yilga borib yiliga 100 milliarddan 200 milliardga yetkazishni maqsad qilgan edi.