Qirg‘izistonliklar vayronalar ostida 13 kun qolib ketgan oilani qutqarib olishdi – video

Qutqaruvchilar vayronalar ostidan butun bir oilani chiqarib olishdi. Aytilishicha, er-xotining 3 nafar farzandi vafot etgan.
Sputnik
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Qirg‘izistonliklar Turkiyadagi zilzila oqibatida vayronalar ostida 13 kun qolib ketgan oilani qutqarib olishdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Qutqaruvchilar vayronalar ostidan butun bir oilani chiqarib olishdi. Aytilishicha, er-xotining 3 nafar farzandi vafot etgan.
Ulardan 12 yoshlisi qutqaruv jarayonida tirik bo‘lgan. Afsuski, shifokorlarning urinishlariga qaramay, bolakay ham olamdan o‘tdi. Er-xotin shifoxonaga yotqizildi.
Ma’lumot uchun, hozirda yer silkinishlari ortidan Suriyada qurbonlar soni 1,4 mingdan oshgan. Turkiyada esa qurbonlar soni 39 672 nafarga yetdi.