O‘zbekistondagi qator obyektlar gazdan ko‘mirga o‘tkaziladi – tafsilotlar

Hujjatga ko‘ra, respublikadagi issiqxonalar, qurilish materiallari zavodlari va ayrim ijtimoiy soha obyektlari ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Issiqxonalar, korxonalar, ijtimoiy obyektlar gazdan ko‘mirga o‘tkaziladi. Bu haqda 16-fevral kuni prezident tomonidan imzolangan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, respublikadagi issiqxonalar, qurilish materiallari zavodlari va ayrim ijtimoiy soha obyektlarni ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish ishlari boshlanadi.
Gazdan ko‘mirga o‘tkaziladigan obyektlar:
5407 ta ijtimoiy obyekt;
2466,2 gektar maydondagi 1147 ta issiqxona;
250 ta qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona.
2229 ta bolalar bog‘chasi;
2432 ta xalq ta’limi va 746 ta sog‘liqni saqlash muassasalari.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ularni isitish uchun, qo‘shimcha 184,4 ming tonna ko‘mir talab etiladi.
Toshkentdagi 20 ta maktab ham ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkaziladi.
Bektemir tumanida 4 ta;
Mirzo Ulug‘bekda 2 ta;
Sergelida 6 ta;
Yangixayotda 5 ta;
Yashnobodda 3 ta.
Qayd etilishicha, bunday qaror 926 mln kub metr gazni tejash imkonini beradi.